Samsung UE32N4000AU User Manual page 123

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 36
Sozlamalar har 5 daqiqada yoki televizor o'chirilganida yo'qoladi.
• Agar televizor Do'kon namoyishi rejimida bo'lsa, har 5 daqiqada audio va tasvir sozlamalarini qayta qo'yadi.
Agar sozlamalarni Do'kon namoyishi rejimidan Uyda foydalanish ga o'zgartirmoqchi bo'lsangiz, SOURCE
tugmasini bosib, TV rejimini tanlang va bunga boring: MENUm - Qo'llab-quvvatlash - Foydalanish rejimi.
Audio yoki video ora-orada uzilib qolmoqda.
• Kabel ulanishlarini tekshiring va ularni qayta ulang.
• Audio yoki videoning uzilishiga haddan tashqari qattiq yoki qalin kabellar ham sabab bo'lishi mumkin.
Kabellar uzoq vaqt ishlatish uchun yetarlicha egiluvchanligiga amin bo'ling. Televizor devorga
o'rnatiladigan bo'lsa, 90 gradusli ulagichlari mavjud kabel ishlatishni maslahat beramiz.
Televizor ramkasining chetiga diqqat bilan qarasangiz, mayda zarralarni ko'rish mumkin.
• Bu mahsulotning dizayniga xos bo'lib, kamchilik emas.
PIP menyusi mavjud emas.
• PIP (picture-in-picture, biror efirni tomosha qilish vaqtida boshqa bir kontentni kichikroq ekranda tomosha
qilaolish funksiyasi) funksiyasi faqat HDMI yoki komponent manbasi ishlatilayotganida mavjud bo'ladi.
Televizorni 45 daqiqa oldin o'chirdingiz, ammo yana yondi.
• Bu oddiy holdir. Televizor OTA (Havo orqali ishlash tizimini yangilash) funksiyasini ishga tushirib,
mikrodasturini yangilaydi.
Tasvir/tovush muammolari takroriy yuz beradi.
• Signal/manbani tekshiring va o'zgartiring.
Tayanch asosidagi rezina yostiqchalari va ayrim mebellarning sirti o'rtasida reaksiya ro'y berishi mumkin.
• Buning oldini olish uchun televizorning mebelga bevosita tegib turadigan sirtida kigizli qistirma ishlating.
"Bu fayl to'g'ri ijro etilmaydi." xabari chiqmoqda.
• Buning sababi kontentning bitreyti (bir soniyada amalga oshgan informatsiyaning tezligi) yuqori ekanligida
bo'lishi mumkin. Kontent odatda ijro qilinadi, ammo ayrim muammolar chiqishi mumkin.
Televizorni optimal ishlaydigan holatda tutish uchun USB orqali mikrodasturini (www.samsung.com → Support)
yangilang.
TFT LED panelida subpiksellardan tashkil topgan panel ishlatilib, ularni ishlab chiqarish uchun ilg'or
texnologiya kerak. Shunda ham ekranda bir nechta yorqin yoki qoramtir piksel bo'lishi mumkin. Bu piksellar
jihozning ishlashiga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi.
Bu qo'llanmada ko'rsatilgan ayrim funksiyalar va rasmlar faqat muayyan modellarga tegishli.
O'zbekcha - 23

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents