Nosozlikni Hal Qilish Va Profilaktika; Nosozliklarni Hal Qilish - Samsung UE32N4000AU User Manual

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 36

08 Nosozlikni hal qilish va profilaktika

Nosozliklarni hal qilish

Agar televizorda muammo bo'lsa, avval ushbu ehtimoliy muammolar va yechimlarni ko'ring. Agar bu
maslahatlar ish bermasa, "www.samsung.com" saytiga kirib, Support (qo'llab-quvatlash, yordam) tugmasini
bosing yoki Samsung xizmat ko'rsatish markaziga sim qoqing.
Tasvir sifati
• Avvalo Tasvirni sinab ko'rish o'tkazing va televizorda sinov tasviri to'g'ri ko'rsatilayotganiga amin bo'ling.
(bunga o'ting: MENUm - Qo'llab-quvvatlash - O'zini-o'zi diagnostika qilish - Tasvirni sinab ko'rish) Agar
sinov tasviri to'g'ri ko'rsatilsa, sifatning yomonligiga manba yoki signal sabab bo'lishi mumkin.
Televizordagi tasvir do'kondagidek yaxshi ko'rinmayapti.
• Agar analog kabel yoki sun'iy yo'ldosh mavjud bo'lsa, raqamlilariga o'ting. HD (yuqori sifatdagi) tasvir qabul
qilish uchun HDMI yoki Component kabelini ishlating.
• Kabel/sun'iy yo'ldoshda: Kanallar ro'yxatidagi raqamli stansiyani tanlab ko'ring.
• Antenna ulanishi: Avto sozlashdan keyin HD kanallarni tanlab ko'ring.
• Ko'pchilik HD kanallar SD (standart aniqlik) tarkibidan kattalashtirilgan bo'ladi.
• Kabel yoki sun'iy yo'ldosh video aniqligini 1080i yoki 720p qilib belgilang.
• Signal hajmi va ta'rifiga asoslangan holda, televizorni tavsiya etilgan minimal masofada tomosha qiling.
Tasvir buzilgan: makro bloki, kichik blok, nuqtalar, piksellashish xatosi.
• Sport yoki jangari film singari tez almashadigan tasvirlarda video kontentining siquvi tufayli tasvir buzilishi
mumkin.
• Kuchsiz signal yoki yomon sifat tufayli tasvir buzilishi mumkin. Bu televizordagi muammo emas.
• Mobil telefonlar televizorga yaqin (1 metrgacha) joyda ishlatilsa, analog va raqamli televizor tasvirida
tartibsiz signal to'lqini hosil qilishi mumkin.
Rangi noto'g'ri yoki ko'rsatilmagan.
• Agar komponent ulanishi ishlatilayotgan bo'lsa, komponent kabellari tegishli uyalarga ulanganini
tekshiring. Noto'g'ri yoki bo'sh ulanish tufayli rangda muammo yuzaga kelishi yoki ekran tasvirsiz bo'lishi
mumkin.
O'zbekcha - 19

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents