Samsung UE32N4000AU User Manual page 105

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 36
• Jihoz ustiga suv tomchilashi yoki sachrashiga yo'l qo'ymang.
• Batareyalarni olovga tashlamang.
• Batareyalarni qisqa tutashuv qilmang, qismga ajratmang yoki qizdirmang.
• Pultdagi batareyalar o'rniga boshqa turidagini solsangiz, portlash xavfi vujudga keladi. Faqatgina ayni yoki
o'xshash turidagiga almashtiring.
• Samsung tomonidan maxsus mo'ljallangan elektr vilkasini ishlatayotganda quyidagilarga e'tibor bering:
• Vilkani adaptorga "shiq" etib tushgunicha kirgizing.
• Kirgizgandan keyin vilkani hech qachon chiqarib olmang. (Chiqarib bo'lmaydi)
• Vilkaning o'zini devordagi rozetkaga suqmang.
• Berilgan vilkani boshqa qurilmalar bilan ishlatmang.
• Berilgan vilkadan boshqa vilkalarni adaptorga kirgizmang.
• Adapterni rozetkadan sug'urib olayotganda korpusini vertikal yo'nalishda torting.
• Adaptorni shiftdagi rozetkaga suqmang.
• Adaptor ustiga buyum tashlamang yoki zarba yetkazmang.
• Adaptorda ko'rsatilgan chegaradan ortiq aylantirmang.
Aks holda tok urishi yoki yong'in keltirib chiqarishi mumkin.
• Adaptorni ishlatishdan oldin vinil qoplamasini olib tashlang. Aks holda, bu yong'in chiqishiga olib kelishi
mumkin.
• Yong'in yoki tok urishidan saqlash uchun bu apparatni yomg'ir yoki namlikda qoldirmang.
• Jihozga suyuqlik tomib turmasligi yoki sachramasligi hamda vaza singari suyuqlik bilan to'ldirilgan
buyumlar jihoz ustiga qo'yilmasligi kerak.
• OGOHLANTIRISH: FAQAT UY ICHIDA ISHLATISH MUMKIN
* Foydalanuvchi qo'llanmasidagi shakllar va suratlar faqat ma'lumot o'rnida berilgan bo'lib, haqiqiy jihoz
ko'rinishidan farq qilishi mumkin. Jihoz dizayni va xarakteristikalari bildirishsiz o'zgartirilishi mumkin.
O'zbekcha - 5

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents