Ci Yoki Ci+ Karta"Ni Ishlatish - Samsung UE32N4000AU User Manual

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 36
06 "CI yoki CI+ karta"ni COMMON INTERFACE
uyasi orqali ulash
• Mamlakat va modelga bog'liq.
• "CI yoki CI+ karta"ni ulash yoki uzish uchun televizorni o'chiring.
• Modeliga qarab, televizor kartasi ("CI yoki CI+ kartasi") ishlamasligi mumkin.
"CI yoki CI+ karta"ni COMMON INTERFACE uyasiga quyidagi rasmda ko'rsatilganidek qilib ulang.
• Modelga bog'liq ravishda tasvir farq qilishi mumkin.

"CI yoki CI+ karta"ni ishlatish

To'lovli kanallarni tomosha qilish uchun "CI yoki CI+ karta" solingan bo'lishi kerak.
• Samsung TV CI+ 1.3 standartiga muvofiq keladi. Televizorda xabar chiqsa, buning sababi CI+ 1.3 versiyasiga
muvofiq kelmaganida bo'lishi mumkin. Birorta muammo yuzaga kelsa, Samsung xizmat ko'rsatish
markaziga murojaat qiling.
– Samsung televizoringiz CI+ 1.3 standartlariga muvofiq keladi.
– CI+ Common Interface moduli bu qurilmaga mos kelmasa, modulni chiqarib oling va CI+ operatoridan
yordam so'rang.
– Agar "CI yoki CI+ CARD" solmasangiz, ayrim kanallarda eslatma paydo bo'ladi.
• Bog'lash ma'lumoti 2~3 daqiqa ko'rsatib turiladi, unda telefon raqami, "CI yoki CI+ karta" identifikatori,
HOST ID (mazkur jihozgagina tegishli aniqlovchi ma'lumot) va boshqa ma'lumotlar mavjud bo'ladi. Agar xato
xabari ko'rsatilsa, provayderga murojaat qiling.
• Kanal ma'lumotini sozlash nihoyasiga yetgach, kanal ro'yxati yangilanganini bildiruvchi "Yangilash
tugallandi" xabari ko'rsatiladi.
– Mahalliy kabel xizmati provayderidan "CI yoki CI+ karta" olishingiz kerak.
– "CI yoki CI+ karta"ni chiqarib olayotganda ehtiyot bo'ling, chunki tushib ketsa, shikastlanishi mumkin.
– "CI yoki CI+ karta"ni ko'rsatilgan yo'nalishda kirgizing.
– Modeliga qarab, COMMON INTERFACE uyasi turli nuqtalarda joylashishi mumkin.
– Ayrim mamlakat va mintaqalarda "CI yoki CI+ karta" ishlamaydi; buni dilerdan aniqlashtiring.
– Birorta muammo yuzaga kelsa, provayderga murojaat qiling.
– Joriy antenna sozlamalarini qo'llab-quvvatlaydigan "CI yoki CI+ CARD" adapterini kiriting. Aks holda ekran
odatdagiday ko'rinmasligi mumkin.
O'zbekcha - 16

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents