Samsung UE32N4000AU User Manual page 121

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 36
Tasvir yo'q, video yo'q
TV yonmayapti.
• Elektr simi rozetkaga va televizorga mahkam tiqilganligini tekshiring.
• Rozetka ishlayotganiga amin bo'ling.
• Muammo pultda emasligiga ishonch hosil qilish uchun televizorning pastki qismidagi POWER (
tugmasini bosib ko'ring. Agar televizor yonsa, "Masofaviy pult ishlamayapti" yechimiga qarang.
Televizor avtomatik ravishda o'chib qoladi.
• Vaqt menyusida Uyqu taymeri bandi O'chirish qilib qo'yilganiga amin bo'ling.
• Agar televizorga kompyuter ulangan bo'lsa, kompyuterning quvvat sozlamalarini tekshiring.
• Elektr simi rozetkaga va televizorga mahkam tiqilganligini tekshiring.
• Belgilangan vaqt ichida signal olinmasa, Signal bo'lmaganda quvvatlarni o'chirish televizorni o'chiradi. To'rt
soat ichida foydalanuvchidan buyruq olinmasa, Quvvatni avtomatik o'chirish televizorni o'chiradi.
Tasvir/video yo'q.
• Kabel ulanishlarini tekshiring (televizor va tashqi qurilmalarga ulangan barcha kabellarni sug'urib,
qaytadan tiqib ko'ring).
• Tashqi qurilmaning (kabel yoki sun'iy yo'ldosh antennasi, DVD, Blu-ray va hokazo) video chiqarishi
televizorning kirishlariga mosligini tekshiring. Masalan, agar tashqi qurilmaning chiqarishi HDMI bo'lsa, u
televizorning HDMI kirishiga ulanishi kerak.
• Ulangan qurilmalar yoqilganiga amin bo'ling.
• Masofaviy pultdagi SOURCE tugmasini bosish orqali televizorning to'g'ri manbasini tanlashni unutmang.
• Ulangan qurilmaning elektr kabelini qayta ulash orqali o'chirib-yoqing.
Antenna (efir/kabel) ulanishi (kabel: mamlakatga bog'liq)
TV barcha kanallarni qabul qilmayapti.
• Antenna kabeli mahkam ulanganligini tekshiring.
• Mavjud kanallarni ro'yxatga qo'shish uchun Sozlash (dastlabki sozlash) funksiyasini ishlating. Bunga boring:
MENUm - Tizim - Sozlash (Dastlabki sozlash) va barcha mavjud kanallarning saqlanishini kuting.
• Antenna to'g'ri joylashtirilganini tekshiring.
Tasvir buzilgan: makro bloki, kichik blok, nuqtalar, piksellashish xatosi.
• Sport yoki jangari film singari tez almashadigan tasvirlarda video kontentining siquvi tufayli tasvir buzilishi
mumkin.
• Kuchsiz signal tufayli tasvir buzilishi mumkin. Bu televizordagi muammo emas.
)
O'zbekcha - 21

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents