O'zbek - Philips PSG7028/30 User Manual

Hide thumbs Also See for PSG7028/30:
Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 5

O'zbek

141
Kirish
Xaridingiz muborak bo'lsin va Philips'ga xush kelibsiz! Philips taklif qiladigan qo'llab-quvvatlash xizmatidan
foydalanish uchun jihozingizni www.philips.com/welcome saytida ro'yxatdan o'tkazing.
Qurilmani ishlatishdan oldin ushbu qo'llanmani, muhim maʼlumot risolasini va tez ishga tushirish bo'yicha
ko'rsatmalarni diqqat bilan o'qib chiqing. Ularni kelgusida maʼlumot uchun saqlab qo'ying.
Mahsulotning umumiy ko'rinishi (1-rasm)
1 Bug' taʼminoti shlangi
2 Bug' triggeri/Bug'ni kuchaytirish
3 "Dazmol tayyor" chirog'i
4 Asos plita
5 Dazmol platformasi
6 Ko'tarishga qarshi qulfni ochish tugmasi
7 Ajraladigan suv baki
8 To'ldirish teshigi
9 Taʼminot shlangini saqlash bo'lmasi
10 EASY DECALC murvati
11 Vilka bilan tarmoq shnuri
12 EASY DECALC chirog'i
13 "Suv baki bo'sh" chirog'i
14 Quvvat va avtomatik o'chirish chirog'iga ega yoqish/o'chirish tugmasi
Ishlatishga tayyorlash
Ishlatiladigan suv turi
Jihozingiz vodoprovod suvida ishlashga mo'ljallangan. Biroq agar qattiq suvli hududda yashasangiz,
cho'kma tezroq to'planishi mumkin. Shu sababli jihozning xizmat muddatini uzaytirish uchun distillangan
yoki demineralizatsiyalangan suvni (50% demineralizatsiyalangan/distillangan suv oddiy suv bilan
aralashtiriladi) ishlatish tavsiya etiladi.
Ogohlantirish: Xushbo'y suv, quritish mashinasining suvi, sirka, kraxmal, cho'kmalarni tozalash
vositalari, dazmol qilish vositalari, kimyoviy cho'kmalardan tozalangan suv yoki boshqa kimyoviy
moddalarni quymang, chunki ular sizib chiqishi, jigarrang dog'lar hosil qilishi yoki jihozingizga
shikast yetishiga sabab bo'lishi mumkin.
Suv bakini to'ldirish
Har bir foydalanishdan oldin yoki "suv baki bo'sh" chirog'i yonsa, suv bakini to'ldiring. Suv bakini istalgan
foydalanish vaqtida qayta to'ldirishingiz mumkin.
1 Jihozdan suv bakini chiqarib oling (2-rasm) va uni MAX belgisigacha suv bilan to'ldiring (3-rasm).
2 Jihozning pastki qismini qo'yish orqali suv bakini ortga qaytaring.
3 Suv baki joyiga qulflangunicha ("tiq" etgunicha) uning yuqori qismini itaring (4-rasm).
Suv baki bo'sh chirog'i
Suv baki deyarli bo'sh bo'lsa, "suv baki bo'sh" chirog'i yonadi (5-rasm). Suv bakini to'ldiring va jihoz qayta
qizishi uchun bug' triggerini bosing. "Dazmolning tayyorlik chirog'i" muntazam yonsa, bug'li dazmollashni
davom ettirishingiz mumkin.

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Perfectcare 7000 seriesPsg7014

Table of Contents