Download Print this page

Philips AVENT SCF883 Manual page 334

Hide thumbs Also See for AVENT SCF883:

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 1
- Har doim tayyorlangan ozuqa go'dagingiz uchun xavfsiz
ekanligini bilish uchun kaftingizning orqa tomoni bilan uni
tekshiring.
- Har doim go'dagingiz uchun ozuqaning quyuq-suyuqligini
tekshiring. Turli yoshdagi bolalar uchun ozuqa qay darajada
quyuq-suyuq bo'lishi haqida maʼlumot olish uchun ushbu
jihoz bilan birga taqdim etilgan go'dakni sutdan ajratish
bo'yicha professional maslahatlarga murojaat qiling yoki
shifokor yoki maslahatchi bilan maslahatlashing.
- Ozuqani idishdan olish uchun faqat taqdim etilgan
kurakchadan foydalaning.
- Qasmoqlarni muntazam tozalash jihoz shikastlanishining
oldini oladi.
- Jihoz bilan birga taqdim etilgan saqlash qozonchasi bolalar
ovqatlanadigan idish hisoblanmaydi. Bolalarni bevosita
saqlash qozonidan ovqatlantirmang.
- Saqlash qozonini ishlatishdan oldin uni yaxshilab tozalang
va uni Phillips Avent sterilizatori yordamida sterillang yoki
saqlash qozonini qaynayotgan suvga 5 daqiqaga solib qo'ying.
Bu gigiyenani taʼminlash uchun zarur. Saqlash qozonchasini
sterillash uchun qaynoq suvdan foydalanganda issiqlik
deformatsiyasining oldini olish uchun idishda yetarli miqdorda
suv borligiga va qozoncha idish bilan uzoq vaqt tegib
turmasligiga ishonch hosil qiling.
- Saqlash qozonchasidagi ozuqa miqdori qozoncha yonida
belgilangan maksimal o'lchovdan oshmasligiga ishonch hosil
qiling, aks holda idishdan oqishi mumkin.
- Ozuqalarni qayta isitganda yoki muzdan eritganda saqlash
qozonchasini idishga solishdan oldin, saqlash qozonchasining
qopqog'i mahkam yopilganligiga ishonch hosil qiling, aks
holda saqlash qozonchasini idishdan olganingizda undan
oqishi mumkin.
- Mikroto'lqinli pechda taqdim etilgan saqlash qozonchasi bilan
ozuqalarni isitish ozuqada yuqori haroratini keltirib chiqarishi
va uning ozuqaviy qiymatiga taʼsir qilishi mumkin. Issiqlik bir
xil taqsimlanishi uchun har doim isitilgan ovqatni aralashtiring
va dasturxonga tortishdan oldin haroratini tekshiring.
- O'zbek 332 -

Advertisement

loading

This manual is also suitable for:

Avent scf885