Nosozlikni Hal Qilish Va Profilaktika; Nosozliklarni Hal Qilish - Samsung UE32T4510AU User Manual

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 24

06 Nosozlikni hal qilish va profilaktika

Nosozliklarni hal qilish

Agar televizorda muammo bo'lsa, avval ushbu ehtimoliy muammolar va yechimlarni ko'ring. Muqobil ravishda
e-qo'llanmadagi Nosozliklarni hal qilish yoki Savol-javob bo'limiga qarang. Agar bu maslahatlar ish bermasa,
"www.samsung.com" saytiga borib, Support tugmasini bosing yoki shu qo'llanma orqasida berilgan Samsung
servis markazi bilan bog'laning.
• TFT LED paneli subpiksellardan tashkil topgan bo'lib, ularni ishlab chiqarish uchun ilg'or texnologiya
kerak. Shunda ham ekranda bir nechta yorqin yoki qoramtir piksel bo'lishi mumkin. Bu piksellar jihozning
ishlashiga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi.
• Televizorni optimal holatda tutish uchun dasturiy ta'minotini yangilang. TV menyusidagi Hozir yangilash
yoki Avtomatik yangilash funksiyalarini ishlating (
ta'minot yangilanishi > Hozir yangilash yoki Avtomatik yangilash).
Televizor yonmayapti.
• Elektr kabeli televizorga va rozetkaga mahkam tiqilganini tekshiring.
• Rozetka ishlayotganini va televizorning pastki qismidagi pult datchigi qizil rangda yonib turganini
tekshiring.
• Muammo pultda emasligiga ishonch hosil qilish uchun televizorning pastki qismidagi Televizor boshqaruvi
tugmasini bosib ko'ring. Agar televizor yonsa, "Masofaviy pult ishlamayapti" yechimiga qarang.
Hech qanday tasvir/video/tovush yo'q yoki tashqi qurilmadan buzuq tasvir/video/tovush
chiqmoqda yoki televizorda "Kuchsiz signal yoki signal yo'q" yozuvi chiqqan yoki kanal
topib bo'lmayapti.
• Qurilma to'g'ri ulanganini va barcha kabellar oxirigacha tiqilganini tekshiring.
• Televizor va tashqi qurilmalarga ulangan barcha kabellarni sug'urib, qaytadan tiqib ko'ring. Iloji bo'lsa, yangi
kabel ishlatib ko'ring.
• Kirish manbasi to'g'ri tanlanganini tekshiring (
• Muammo televizorda yoki qurilmada ekanini aniqlash uchun televizorni diagnostika qildiring (
Parametrlar > Qo'llab-quvvatlash > Qurilmaga qarov > O'zini-o'zi diagnostika qilish > Tasvirni sinab ko'rish
yoki Tovushni tekshirish).
• Agar sinash natijalari normal bo'lsa, har bir qurilmaning elektr kabelini sug'urib, qayta tiqish orqali
ulangan qurilmalarni qayta ishga tushiring. Muammo hal bo'lmasa, ulangan qurilmaning foydalanuvchi
qo'llanmasidagi ulash ko'rsatmalariga qarang.
• Agar kabel yoki sun'iy yo'ldosh antennasi ishlatmayotgan bo'lsangiz va televizor antennadan yoki devordagi
kabel ulanishidan signal olayotgan bo'lsa, kanal qidirish uchun Avtomatik sozlash funksiyasini ishlating (
>
Parametrlar > Efirga uzatilayapti > (Avtomatik sozlash parametrlari) > Avtomatik sozlash).
– Model yoki geografik joylashuvga qarab, Avtomatik sozlash parametrlari chiqmasligi mumkin.
– Agar kabel yoki sun'iy yo'ldosh antennasi ishlatayotgan bo'lsangiz, ularning qo'llanmasini o'qing.
>
Parametrlar > Qo'llab-quvvatlash > Dasturiy
>
Manba).
>
O'zbekcha - 15

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents